So’nggi yangiliklar

15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0

30 okt 14:51
Yangiliklar

Futbol

Bahodir Ahmedov - O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Teglar :  Bahodir Ahmedov
O'zbekiston futzal federaciyasi Ijroiya qo'mitasi qaroriga muvofiq Bahodir Ahmedov O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi sababli lavozimidan ketganidan so'ng, federaciya tomonidan milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga bir qator mahalliy va xorijlik nomzodlar ko'rib chiqildi. Yakunda milliy futzalimizni ichidan yaxshi biladigan, uning rivojiga katta hissa qo'shgan va xalqaro maydonlarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilgan mutaxassis — Bahodir Yo'ldoshboevich Ahmedov nomzodi maqullandi.

Bahodir Ahmedov 1976 yil 9 sentyabrda Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida tug'ilgan. Futzalchilik faoliyatini ushbu sport turi mamlakatimizga kirib kelgan ilk yillarda CHirchiq shahrining "Splav", "Elektrokimyosanoat" va "Soliqchi" jamoalarida boshlagan. Keyinchalik "Yunusobod" DJQA, "Ardus" hamda "Stroitel Zarafshon" klublarida to'p surgan va mamlakat chempioni bo'lgan.

Murabbiy sifatida ham Bahodir Ahmedov salmoqli natijalarga erishgan. "Maksam-CHirchiq" jamoasini chempionat sovrindorlari qatoriga olib chiqqan, "Huvasin" bilan esa O'zbekiston chempionligiga sazovor bo'lgan. SHuningdek, ko'plab istedodli futzalchilarning kamol topishida muhim o'rin tutgan.

Bahodir Ahmedov milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida avval ham faoliyat yuritgan. Uning rahbarligida O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida ikki marta bronza medallarini qo'lga kiritgan. 2021 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan va pley-offda o'ynagan.

Bahodir Ahmedov bilan O'zbekiston milliy terma jamoasini 2028 yilgi Osiyo chempionatining yakuniga qadar boshqarishi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing