30 okt 20:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Kovington ishtirokidagi jang Hype FC turniriga qo'shildi
Sobiq UFC Interim chempioni Kolbi Kovington va chililik Ignasio Baxamondes Hype FC turnirining asosiy bahsida o'zaro to'qnash keladi.
Hype FC matbuot xizmati malum qilishicha, jangchilar greppling formatida bahs olib boradi.
Uchrashuv 20 dekabr kuni CHili poytaxti Santyagoda bo'lib o'tadigan turnirning markaziy jangi bo'ladi.
Kovington MMA faoliyati davomida 17 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Baxamondes hisobida esa 18 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Hype FC
Fikrlar