09 noy 18:57
Yangiliklar
Ekaterina Geynish O'zbekiston terma jamoasini tark etib, yana Rossiya safiga qaytdi
Figurali uchishning juftlik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azosi, qishki Osiyo o'yinlari g'olibi Ekaterina Geynish yana Rossiya safiga qaytganini elon qildi. Avvalroq, uning sobiq sherigi Dmitriy CHigiryov oilaviy hayotga qadam qo'yib, murabbiylik faoliyatini boshlagan edi.
"Bazan kuch to'plash uchun sukut saqlash kerak bo'ladi. Ammo hozir sizlar bilan o'y-hayollarimni bo'lishishga tayyorman va buni istayman.
Payqagan bo'lsangiz kerak, men Rossiya terma jamoasiga qaytishga qaror qildim. Bu qarorimda yordam bergani va qo'llab-quvvatlagani uchun Rossiya figurali uchish federaciyasiga katta rahmat.
Yangi murabbiylar jamoamga — Arina Andreevnaga, Sergey Anatolevichga va ular bilan birga ishlayotgan butun jamoaga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Bu insonlar har kuni men uchun misli ko'rilmagan ishlarni qilishmoqda. Sizlarga katta rahmat!
Andreyga alohida rahmat aytmoqchiman. Birga qanday qiyinchiliklarni engib o'tayotganimizni va ular bizni qay darajada kuchli qilayotganini faqat o'zimiz bilamiz. Qisqa vaqt ichida ulkan ishni amalga oshirdik. Ikkimiz bilan ham faxrlanaman.
Oilamga, do'stlarimga, yaqinlarimga va, albatta, muxlislarimga — shu qiyin davrda menga ishonganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Taslim bo'lmadim, yana muz ustiga chiqib, sizlarni xursand qilish uchun kun sayin mehnat qilishda davom etdim. Bizni o'ldirmagan narsa bizni yanada kuchli qiladi.
Endi meni musobaqalarda tez-tez ko'rasiz, deb umid qilaman. Yana ko'rishguncha!", deb yozgan Geynish o'zining Telegram'dagi kanalida.
Eslatib o'tish joiz, Geynish va CHigiryov juftligi 2025 yilgi Jahon chempionatida O'zbekiston uchun qishki Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, yakunda ushbu yo'llanmadan foydalanishmagan edi.

Fikrlar