So’nggi yangiliklar

20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:21Ёшлар Олимпиадасида бугун 5 нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0

10 avg 12:24
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Figurali uchuvchilar Kamila Valieva hamda Aleksandra Trusovaga musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berildi

Xalqaro Konkichilar Ittifoqi (ISU) rossiyalik ikki figurali uchuvchilar - Kamila Valieva va Aleksandra Trusovaga neytral maqom berdi.

Bu ularga tashkilot qoidalari asosida xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkonini beradi.

Kamila Valieva va Aleksandra Trusovaga oid qaror TASS agentligi ISU Rossiya sportchilariga 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab tashkilot nazorati ostidagi xalqaro musobaqalarda neytral maqomda ishtirok etishiga ruxsat berilgani haqida xabar berganidan so'ng qabul qilindi.

SHuningdek, bir qator rossiyalik figurali uchuvchilarga ham neytral maqom berildi. Ular orasida Pyotr Gumennik, Vladislav Dikidji, Mariya Zaxarova, Dina Xusnutdinova, Aleksandra Boykova va Dmitriy Kozlovskiy kabi nomlar bor.

20 yoshli Kamila Valieva dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun berilgan to'rt yillik diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'lgach, musobaqalarga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda. U 2025 yil 25 oktyabrdan boshlab rasman mashg'ulotlarni qayta boshlash huquqiga ega bo'lgan.

22 yoshli Aleksandra Trusova 2022 yilgi Qishki Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi. SHuningdek, u 2021 yilgi jahon chempionatining bronza medali va Evropa chempionatlarining kumush hamda bronza medallarini qo'lga kiritgan.

ISU Rossiya va Belarus sportchilarini 2022 yil mart oyida, Ukrainadagi urushning avj olishi ortidan xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi. Bu qaror Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (IOC) xalqaro sport federaciyalariga ikki davlat sportchilarining ishtirokini cheklash bo'yicha tavsiya berganidan keyin qabul qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing