08 noy 16:20
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz jahon chempionatida yana 4 ta medal qo'lga kiritdi
Toshkentda davom etayotgan sambo bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston vakillari navbatdagi medallarni qo'lga kiritdi.
Ortda qolgan kun yakunlariga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Jangovar sambo bahslarida -58 kg vazn toifasida SHahzoda Azatova, -59 kg vaznda esa Lutfilla Saydamatov kumush medalni qo'lga kiritdi.
SHuningdek, -88 kg vazn toifasida Sanjar Ablakulov va -80 kg vaznda Muxlisa Turdieva bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi umumiy medallari soni 10 taga etdi — 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar