08 noy 15:49
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jalgasbay Berdimuratov PFL Moscow turnirida eronlik raqibiga qarshi jang qildi
Kecha, 7 noyabr kuni Moskvada sport kurashlari bo'yicha PFL Moscow turniri o'tkazildi.
Musobaqada o'zbekistonlik yunon-rum kurashi ustasi Jalgasbay Berdimuratov gilamga chiqdi.
82 kg vazn toifasida hamyurtimiz eronlik Mohammad Ali Gerayiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv yakuniga ko'ra, Berdimuratov 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Malumot uchun, Gerayi 2024 yilgi Jahon chempioni, uch karra Jahon chempionati bronza medali sovrindori va 2018 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi hisoblanadi.
Jalgasbay Berdimuratov esa 2022 yilgi Jahon chempionatining kumush, 2019 yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori sanaladi. SHuningdek, u 2021 va 2025 yillarda Osiyo chempioni bo'lgan hamda 2023 yilgi Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar