So’nggi yangiliklar

20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:21Ёшлар Олимпиадасида бугун 5 нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0

08 noy 20:51
Yangiliklar

Sambo

Sambochilarimiz 16 ta medal bilan 101 davlat orasida 3-o'rinni egallashdi

Biroz avval poytaxtimiz mezbonlik qilgan sambo bo'yicha yubiley 50-Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda dunyoning 101 davlatidan kelgan sambochilar medallar uchun bahs olib borishdi. Bugun jahon chempionatining so'nggi kuni 10 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Bugungi murosasiz bellashuvlarda terma jamoamiz azolari 1 ta kumush, 5 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni kutilganidek, Rossiya terma jamoasi band etdi. Sambo vatani vakillari 18 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza, jami 25 ta medalga ega chiqishdi. Gruziya terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 5 ta kumush, 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan O'zbekiston terma jamoasi yakun yasadi. Biz kabi 2 ta oltin medali bor Belarus terma jamoasi kumush medallarning kamligi hisobiga 4-o'rindan joy oldi.

Turkmaniston 2 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan 5-pog'onaga joylashdi. Mo'g'uliston, Ukraina, Qirg'iz Respublikasi va Bolgariya terma jamoalari 1 tadan oltin medalga egalik qilishdi. Jami 26 davlat delegaciyalari kamida 1 ta medal bilan o'z vatanlariga qaytadigan bo'lishdi. 


Bugungi barcha g'olib va sovrindorlar:

Sport sambosi – erkaklar

71 kg vazn toifasi

1. TURKIA Elizbar (GEO)

2. KUATAY Arnur (KAZ)

3. KORNEEV Andrei (RUS)

3. MARDUSEVICH Uladzislau (BLR)


98 kg vazn toifasi

1. KONOVALOV Anton (RUS)

2. SHAMIL Tunjay (AZE)

3. PATACHYTS Daniil (BLR)

3. IBROYIMOV Khudoyor (UZB)


Sport sambosi – ayollar

59 kg vazn toifasi

1. ALEKHINA Alena (RUS)

2. BATSUKH Altantsetseg (MGL)

3. MATSKO Tatsiana (BLR)

3. NAJIMOVA Azizabegim (UZB)


72 kg vazn toifasi

1. POSYLKINA Olesia (RUS)

2. ZHYLINSKAYA Anzhela (BLR)

3. MANDARIC Ivana (CRO)

3. IBRAEVA Shinar (UZB)


+80 kg vazn toifasi

1. KANDRATSYEVA Maryia (BLR)

2. KEBADZE Elene (GEO)

3. SOUZA Priscila (BRA)

3. ARTOSHINA Olga (RUS)


Jangovar sambo – erkaklar

79 kg vazn toifasi

1. KODZAEV Aslanbekl (RUS)

2. AZATYAN Gevorg (ARM)

3. JUMAEV Ramazon (TJK)

3. MATOSEVIC Luka (CRO)


+98 kg vazn toifasi

1. MOKHNATKIN Mikhail (RUS)

2. ZHIYENTAYEV Talgat (KAZ)

3. NOSIROV Islom (UZB)

3. DELIENNE Marvin (FRA)


Jangovar sambo – ayollar

54 kg vazn toifasi

1. FIRSOVA Ulyana (RUS)

2. USON KYZY Akak (KGZ)

3. SAGIDANOVA Gulmaira (KAZ)

3. NURMAMATOVA Farogat (UZB)


65 kg vazn toifasi

1. ISTOMINA Sofia (RUS)

2. BOBOKULOVA Feruza (UZB)

3. MANDAR Sanaa (MAR)

3. MEDETBEK KYZY Miraida (KGZ)


80 kg vazn toifasi

1. TATARCHENKO Nadezhda (RUS)

2. FAIZOLLANOVA Zamzagul (KAZ)

3. ZAKHAREVYCH Valeriia (UKR)

3. ZHIGALOVA Yekaterina (ARM)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing