08 noy 10:21
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Yoshlar Olimpiadasida bugun 5 nafar o'zbekistonlik sportchi bahsga kirishadi
Senegalda davom etayotgan yoshlar yozgi Olimpiya o'yinlarining navbatdagi kunida O'zbekiston delegaciyasining 5 nafar sportchisi 4 ta sport turi bo'yicha bahslarda ishtirok etadi.
Soat 14:00 da Gulhayo Sattorova veloshosse bo'yicha guruh poygasida startga chiqadi.
Soat 19:05 da Niginabonu Rajabova engil atletikaning 100 metrga to'siqlar osha yugurish yarim finalida qatnashadi.
Soat 20:15 da Yaroslava CHernobrovkina sport gimnastikasining yakkalik ko'pkurash saralashida bahs olib boradi.
Soat 20:20 da Nasimaxon Mamirova 2000 metrga to'siqlar osha yugurish bo'yicha finalda startga chiqadi.
Soat 22:45 da Sabrina CHaqomonova boks bo'yicha -54 kg vazn toifasining 1/8 finalida koreyalik Kim Erin bilan jang qiladi.
Bahslar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Havola :
Manba : Team Uzbekistan
Fikrlar