So’nggi yangiliklar

20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

09 noy 19:28
Yangiliklar

Futbol

Futzal. O'zbekiston Tojikistonga javobsiz uchta gol urdi

O'FA Terma jamoalar markazi sport zalida futzal bo'yicha O'zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan yopiq eshiklar ortida o'tkazilgan bahsda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada Behruz Samiev tomonidan ochildi. Birinchi bo'lim yakunlanishiga uch daqiqa qolganida esa Quvonchbek Jahonov mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'limda ham O'zbekiston terma jamoasi o'yin tizginini qo'ldan bermadi. Mag'lubiyatdan qutulish yo'lini izlagan mehmonlar uchrashuvning so'nggi soniyalarida uchinchi golni ham o'tkazib yuborishdi. 40-daqiqada Behruz Samiev o'zining ushbu bahsdagi dublini rasmiylashtirdi.

SHunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligidagi ilk uchrashuvida 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston – Tojikiston — 3:0 (2:0)

8 noyabr, 2026 yil

Toshkent. O'FA Terma jamoalar markazi sport zali

Gollar: Behruz Samiev (3, 40), Quvonchbek Jahonov (17).

Hakamlar: Timurbek To'xtabaev, Nurbek Arstanbay uulu (ikkalasi ham Qirg'iz Respublikasidan).

O'zbekiston (boshlang'ich tarkib): Jasur Rizbonov, Ilhom Hamroev, Behruz Samiev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev (s).

Zaxiradagilar: Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Eldor Nigmatov, Fazliddin Botirov, Asilbek Vafoev, Abdulboriy Ilyosov, Sunnatilla Jo'raev, Quvonchbek Jahonov, Tohir Abdukarimov.

Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov.

Tojikiston (boshlang'ich tarkib): Nuriddin Jabborov, Nasratsho Ismoilov, Samandar Rizomov, Muhammad Rajabov, Nekruz Idiev.

Zaxiradagilar: Firuz Bekmurodov, Amirjon Rahimov, Muhammad Avg'onov, Bahodir Xo'jaev, Muhammad SHaripov, Umed Qo'ziev, Siyovush Qayumov, Xusrav Xoliqnazarov, Dilshod Salomov (s).

Bosh murabbiy: Payrav Vohidov.


photo_2026-11-08_19-26-41.jpgphoto_2026-11-08_19-26-42.jpgphoto_2026-11-08_19-26-43.jpgphoto_2026-11-08_19-26-44 (2).jpgphoto_2026-11-08_19-26-44.jpgphoto_2026-11-08_19-26-45.jpgphoto_2026-11-08_19-26-46 (2).jpgphoto_2026-11-08_19-26-46.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing