09 noy 20:30
Yangiliklar
Gimnastika
O'zbekistonlik trampolinchilar Nankindagi Jahon chempionatida qatnashadi
9-16 noyabr kunlari Xitoyning Nankin shahrida trampolin sporti bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etadi.
Erkaklar jamoasi tarkibiga Elshodbek Mamutsubov, Jahongir Bahodirov, Ahrorbek Yusufov, Orifxo'ja Askarxo'jaev, Firdavs Ibragimov, Muhammadziyo Abobakirov va Serdar SHodiev kiritilgan.
Ayollar o'rtasida esa Diana Smirnova, Svetlana Kasparyan, Nozanin Sobirjonova, Lola Ahmedova, Xosiyatxon Rahmonova va Mashhuraxon Hoshimova O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Havola :
Manba : t.me/UZBGymnastics
Fikrlar