24 iyu 11:09
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Rossiyadan mahalliylashtirilgan ikki figurali uchuvchimiz Xitoy Gran-prisida ishtirok etadi
20-22 avgust kunlari Xitoyning Sian shahrida figurali uchish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Gran-pri turniri bo'lib o'tadi.
Yangi mavsumning ilk startida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili Samir Temergalin hamda Elizaveta Grashenkova ham yakkalik dasturlarida muzga chiqadi.
Yodingizda bo'lsa, har ikki sportchi joriy yil avvalida Rossiyadan mahalliylashtirilgandi.
Bu o'zbekistonlik figurali uchuvchilar uchun 2026 yildagi ilk xalqaro start hisoblanadi.
Malumot uchun, 16 yashar Elizaveta Grashenkova Smirnova Team azosi. Qizig'i, sportchiga terma jamoamizning juftlik yo'nalishidagi sobiq azosi Dmitriy CHigiryov murabbiylik qiladi. 13 yoshli Samir Temergalin esa Eteri Tutberidzening jamoasida shug'ullanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar