20 okt 14:53
Yangiliklar
Ningbo Open: Polina Kudermetova dunyoning 38-raketkasini musobaqadan chiqarib yubordi. Keyingi raqib - reyting peshqadami!
Musobaqaga saralash orqali yo'llanma olgan Kudermetova bugun asosiy to'rning ilk davrasida ispaniyalik Kristina Bushchaga qarshi kortga chiqdi.
Quvonarlisi, 1 soat 18 daqiqa davom etgan bahsda Polina tajribali raqibasini 7/6, 6/2 hisobida dog'da qoldirdi va musobaqaning nimchorak final bosqichiga yo'l oldi.
Hozirda Kudermetova jahon reytingida 102-o'rin, Bushcha esa 38-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Polinaning ushbu g'alabasidan so'ng shaxsiy uchrashuvlar hisobi 2:0 ga etdi.
Kudermetovaning chorak final yo'lidagi raqibasi dunyo reytingi peshqadami, qozog'istonlik Elena Ribakina bo'ladi. O'yin ertaga, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar