22 okt 17:02
Yangiliklar
Karrik: "Men aybni to'liq o'z zimmamga olaman"
"Bu futbol klubining muxlisi sifatida men bunday o'yinni qabul qilib bo'lmas deb hisoblayman. Masuliyatni hamma o'z zimmasiga olishi kerak. Muxlislar — bu klubning yuragi va doimo shunday bo'lib qoladi. Ular bunday o'yinni ko'rishga majbur bo'lganidan afsusdaman.
Qachon bor kuchi bilan o'ynash kerakligini, qachon emas, qachon o'z kuchining 100 foizini berish kerakligini, qachon esa yo'qligini tanlay olmaysiz.
Men jamoa uchun va umuman o'yin uchun 100 foiz masuliyatni o'z zimmamga olaman — tamom. Masuliyat mening egnimda va men buni juda xotirjam qabul qilaman. Men aybni to'liq o'z zimmamga olaman. Ammo uzoq yillardan beri ushbu futbol klubining muxlisi sifatida aytishim kerakki: bunday o'yinni ko'rish — mumkin bo'lmagan holat", — dedi Karrik.

Fikrlar