22 okt 12:21
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev chaqiruvlarga javob qaytardi
So'nggi kunlarda SHohjahon Ergashevga bir qator jangchilar, jumladan qirg'izistonlik Abdurahman Abdurahmanov va ozarbayjonlik Emil Novruzov jang qilish istagini bildirgan edi.
O'zbekistonlik bokschi ushbu chaqiruvlarga javob qaytardi.
«Juda ko'p odamlar menga chorlov tashlashdi. Men hatto ularning kimligini ham bilmayman. Sal sabr qilib turinglar, men hammangiz bilan navbati bilan urishib chiqaman. Hatto sizlarni 6-7 kishi qilib qarshimga qo'yishsa ham, sizlarda kuch etmaydi. Eng ko'p chorlovlar boshqa mamlakat jangchilaridan emas, balki o'zimizning o'zbek jangchilaridan keldi.
Kelinglar, men hozircha xorijiy jangchilar bilan urishib turay, sizlar esa xohlasangiz zalimga kelishingiz mumkin. Men sizlarni shu erda tekinga urib qo'yishim mumkin», dedi Ergashev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar