So’nggi yangiliklar

14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0

22 okt 13:56
Yangiliklar

Futbol

MYU sardori kechagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiylar shtabini keskin tanqid qildi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoaning navbatdagi muvaffaqiyatsiz o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


21 oktyabr kuni MYU CHempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasida safarda "Komo"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Bazida bosim ostida biz yanada qatiyatliroq harakat qilishimiz kerak. Bu biz bilan birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. Yana o'yinni noto'g'ri boshladik. To'pga etarlicha bosim yo'q, to'psiz yaxshi harakatlar ham etarli emas. Ko'p narsa bizning foydamizga ishlamayapti. Boshidayoq o'tkazib yuborilgan gol go'yoki allaqachon mag'lub bo'lganimizdek hissiyotni uyg'otadi.

Biz o'zimiz bo'lishimiz va oldinga intilishimiz, jasur bo'lishga harakat qilishimiz, to'pga egalik qilishga va nimadir yaratishga intilishimiz kerak. Agar bunga qodir bo'lmasak, bu vaziyatdan chiqib ketish juda qiyin bo'ladi. To'pni boshqa jamoaga berganingizda, ular o'ziga bo'lgan ishonchni his qila boshlaydi. Biz ko'proq yugurishga majbur bo'lamiz, keyin esa to'pni olib qo'yganingizdan so'ng oyoqlar va boshning kerakli tarzda ishlashi yanada qiyinlashadi.

"Komo"ga qarshi har bir futbolchiga qarshi o'ynamaslik qarori murabbiylar shtabi tomonidan qabul qilingan. Maykl Karrik taktikada xato qildimi? Bu murabbiy va shtabning ishi — meniki emas. Bazida bosim ostida yanada jasurroq bo'lish, tavakkal qilish va yuqoridan pressing qilish kerak, toki ular o'zlarini noqulay his qilishsin", — dedi Fernandesh o'yindan keyingi intervyusida.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing