18 okt 19:56
Yangiliklar
Boks/MMA
"Birovning narsasi kerak emas, o'zimnikini esa bermayman!" Pyotr Yan Dvalishvili bilan trilogiyaga tayyorgarlikni yakunladi
Eng engil vazn toifasida (61 kg gacha) UFC chempioni, rossiyalik Pyotr Yan 24 oktyabr kuni Abu-Dabida (BAA) bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida gruziyalik Merab Dvalishvili bilan uchinchi jangiga tayyorgarlik yakunlanganini malum qildi.
"Ish juda yaxshi bajarildi. Endigi vazifa vazn tashlash. Jamoamdagilarga va barcha qo'llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildiraman. UFC 333! Menga birovning narsasi kerak emas, o'zimnikini esa bermayman!", - deb yozdi Yan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Rossiyalik 33 yoshli Petr Yan professional aralash jangchi sifatida 2014 yilda debyut qilgan. 2018 yildan beri UFC’da ishtirok etib kelmoqda. 2020 yilda eng engil vazn toifasida chempion, 2025 yilda esa ikki karra chempion bo'ldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar