25 noy 14:01
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Gukesh bilan ilk partiyadan so'ng nimalar dedi?
Hamyurtimiz Javohir Sindarov Gukeshga qarshi ilk partiya o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Turnirdan oldin, albatta, juda hayajonlangan edim. O'yin haqida ko'p o'yladim. Ammo bugun shunchaki bahsdan zavq olishga va atrofdagi muhitni his qilishga harakat qildim. Menimcha, yaxshi o'yin ko'rsatdik va hammasi joyida.
"Umuman olganda, imkoniyat bo'lsa, har doim g'alaba qozonishga harakat qilasan. Qaysi partiya ekanining ahamiyati yo'q. Ammo birinchi o'yinda, odatda, raqibni o'rganishga va ehtiyotkorroq harakat qilishga intilasan. Men ham shunday qildim — poziciyani nazoratda ushlashga va vaqtdan foydalanishga harakat qildim. Yakunda raqibim juda yaxshi himoyalandi. Durang ham yomon natija emas", — dedi Javohir Sindarov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar