So’nggi yangiliklar

18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0 09:36Мадримов Ўзбекистондаги жанги олдидан рақиб топиш қийин кечганини айтди 0 09:05Жалолов ҳам, Уайт ҳам эмас. Деонтей Уайлдерга бошқа рақиб берилди + ПОСТЕР 0

24 noy 18:30
Yangiliklar

Futbol

Enco Mareska: "Husanovning eng yaxshi poziciyasi - markaziy himoya"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning maydondagi poziciyasi haqida fikrlarini bildirdi.

Italiyalik mutaxassis UEFA CHempionlar Ligasi umumiy bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o'zbekistonlik futbolchining imkoniyatlariga baho berdi.

"Manchester Siti" rasmiy saytining xabar berishicha, jamoa himoyachisi Mateush Nunesh jarohatidan forig' bo'lib, "Napoli"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining so'nggi turida "Fulxem"ga qarshi bahsni (1:1) o'tkazib yuborgan, uning o'rnida o'ng qanot himoyachisi sifatida Abduqodir Husanov harakat qilgandi.

Mareska o'zbekistonlik futbolchining qaysi poziciyada samaraliroq o'ynashi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

"Ish boshlaganimizdan buyon o'ng qanotda Riko Lyuisdan foydalandik, ammo Husanov ham bu poziciyada o'ynay oladi. Men jamoada to'g'ri muvozanatni topishga harakat qilyapman.

Agar Husanov qanot himoyasimi yoki markaziy himoyada yaxshiroq o'ynaydimi, deb so'rasangiz, shubhasiz, u markaziy himoyachi sifatida kuchliroq.

Biroq hammasi muayyan o'yin va ixtiyorimizdagi futbolchilarga bog'liq. Riko hozirgacha juda yaxshi harakat qildi", – dedi Mareska.

Mutaxassisning takidlashicha, Nuneshning safga qaytishiga qaramay, jamoaning ayrim futbolchilarida ketma-ket o'yinlar tufayli jismoniy charchoq alomatlari bor. SHu sababli "Napoli"ga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibi yakuniy mashg'ulotdan keyin aniqlanadi.

"Mateush safga qaytdi. Hozircha faqat Antuan Semeno o'ynay olmaydi. Boshqa futbolchilarning holati bo'yicha ayrim shubhalar bor. Bugungi mashg'ulotdan keyin qaror qabul qilamiz.

Mavsum davomida 65 ta uchrashuv o'tkazishimiz mumkin. SHuning uchun futbolchilarni to'g'ri boshqarishimiz kerak. Har bir o'yinda eng kuchli tarkibni tushirishni xohlayman, ammo bunday qilsak, futbolchilarni haddan tashqari charchatib qo'yamiz", – dedi murabbiy.

Malumot uchun, "Manchester Siti" CHempionlar Ligasining dastlabki to'rtta uchrashuvida uchta g'alabaga erishib, 9 ochko bilan umumiy turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.

"Manchester Siti" – "Napoli" uchrashuvi 24 noyabr kuni Manchesterdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 25 noyabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing