25 noy 12:42
Yangiliklar
Tennis
Nikita Belozercev Anqaradagi CHellenjerda nimchorak finalga yo'l oldi
Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo'yicha ATP Challenger turniri davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, musobaqada mamlakatimizning uchinchi raketkasi Nikita Belozercev (ATP-832) ishtirok etyapti.
17 yashar tennischimiz kecha asosiy to'rning ilk davrasida kortga chiqdi. Britaniyalik Oliver Okonkvoga (ATP-953) qarshi kechgan bahs 2 soat, 30 daqiqa davom etdi. Bellashuvda hamyurtimiz 4/6, 7/6, 6/4 hisobida zafar quchdi.
Bu g'alaba orqali nimchorak final bosqichiga yo'l olgan Belozercevning keyingi raqibi franciyalik Tomas Faurel (ATP-293) bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar