25 noy 16:54
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo WT terma jamoamiz World Taekwondo Final Gran-prisida to'liq tarkib bilan ishtirok etadi
28-29 noyabr kunlari davomida Qozog'istonning Ostona shahrida taekvondo WT bo'yicha "World Taekwondo Grand-Prix Final" musobaqasi o'tkaziladi.
Los-Anjeles-2028 Olimpiya o'yinlari uchun muhim reyting ochkolarini ulashadigan mazkur nufuzli turnirda terma jamoamizning quyidagi olti nafar vakili medallar uchun bahs olib borishi malum bo'ldi:
Erkaklar:
-68 kg: Najmiddin Qosimhojiev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
+80 kg: Marat Mavlonov
Ayollar:
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Saidova

Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar