29 sen 17:18
Yangiliklar
Taekvondo, Aichi-Nagoya-2026
Taekvondochilarimizning Osiyo o'yinlari uchun tarkibi elon qilindi
1-3 oktyabr kunlari XX yozgi Osiyo o'yinlari doirasida taekvondo bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi.
Bu safargi musobaqalarda virtual taekvondo bo'yicha medallar o'ynalishi ahamiyatga molikdir. O'yinlarga «Toyohashi Gymnasium» majmuasi mezbon bo'ladi.
Musobaqaning dastlabki kunida individual pumse bahslari o'tkazilsa, 2 oktyabr kuni virtual taekvondo va kyorugi bellashuvlariga start beriladi. Yozgi Osiyo o'yinlarida taekvondo WT bo'yicha musobaqalar 3 oktyabr kuni nihoyasiga etadi.
O'yinlarda ishtirok etadigan tarkibimiz:
Erkaklar:
- 58 kg: Asadbek Samandarov
- 68 kg: Najmiddin Qosimxojiev
- 80 kg: Jasurbek Jaysunov
+ 80 kg: Marat Mavlonov.
Ayollar:
- 57 kg: Madina Mirabzalova
- 67 kg: Ozoda Sobirjonova
+ 67 kg: Svetlana Saidova.
Virtual taekvondo:
Jasurbek Jaysunov.
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar