21 avg 10:09
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz "World Taekwondo Presidentʼs Cup" turnirini 9 ta medal bilan yakunlashdi
Pokistonning Laxor shahrida taekvondo WT bo'yicha "World Taekwondo Presidentʼs Cup – Asia" musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.
Turnirning so'nggi kunida o'zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Kumush medal:
-87 kg: Yodgor Jo'raboev
-68 kg: SHohjahon Ahmedov.
Bronza medal:
-57 kg: Madina Mirabzalova.
SHu tariqa, taekvondochilarimiz mazkur musobaqada 1 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal jamg'arishga erishdilar.

Barcha g'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-80 kg: Jasurbek Jaysunov.
Kumush medal:
-68 kg: SHohjahon Ahmedov
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiev
-87 kg: Yodgor Jo'raboev
-62 kg: Diyora Azizova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+73 kg: Svetlana Saidova.
Bronza medal:
+ 87 kg: Marat Mavlonov
-57 kg: Madina Mirabzalova.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar