15 okt 10:32
Yangiliklar
Artur Beterbiev qiziqarli yangiliklar vada qildi
Kanadada yashayotgan rossiyalik bokschi bu haqda yugurish yo'lagida tushirilgan videoda aytib o'tganligi sababli, gap katta ehtimol bilan uning sport faoliyati haqida ketmoqda.
"Hammaga salom! Menda hammasi joyida. O'ylaymanki, tez orada qiziqarli yangiliklar bo'ladi. Qanchalik qiziqarli ekanini ko'ramiz", — dedi yanvar oyida 42 yoshga to'ladigan Beterbiev.
Rossiyalik bokschi 2025 yil fevral oyida Dmitriy Bivolga qarshi ikkinchi jangdan so'ng ringga chiqmadi. O'sha yilning noyabr oyida u Saudiya Arabistonida jang qilishi kerak edi, biroq amerikalik Deon Nikolsonga qarshi bahs bekor qilindi.
Jang bekor qilinishining sabablari ochiqlanmadi va Beterbievning navbatdagi jangi haqida ham hech qanday xabar chiqmadi. Faqatgina Bivolga qarshi uchinchi jang kelasi yilning may oyiga rejalashtirilayotgani haqida malumotlar bor.
Bivol joriy yilning dekabr oyida majburiy himoya jangini o'tkazadi. Yozda IBA prezidenti Umar Kremlyov uchinchi jang haqida gapirar ekan, Beterbiev ham oraliq jang o'tkazishini takidlagan edi.

Fikrlar