29 noy 17:59
Yangiliklar
"Ortga chekinmayman, tik turib jang qilaman" - Morales Prates bilan jang haqida
Ularning to'qnashuvi 30 yanvar kuni Torontoda bo'lib o'tadigan UFC 336 turniri kardidan o'rin olgan bo'lib, g'olib yarim o'rta vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
"U novcha jangchi. O'naqay, tik holatda jang qiladi. O'ylaymanki, bu ajoyib jang bo'ladi, chunki men ham o'ng qo'lman. Uning vazifasini osonlashtirmoqchi emasman. Men ham tik holatda jang qilmoqchiman. Raqiblarni nokaut qilishni yaxshi ko'raman. Bu menga yoqadi. Uning raqiblarini nokautga tushirganini butun dunyo ko'rgan bo'lsa kerak. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Aytadigan yagona gapim — men ortga chekinmayman. Men qattiq jangni xohlayman. 30 yanvar kuni men jangda g'alaba qozonaman va kamarni uyga olib ketaman", - deya Moralesning so'zlarini keltiradi MMASucka portali.

Fikrlar