29 noy 11:47
Yangiliklar
Arman Carukyan ishtirokidagi bahs bir daqiqadan kamroq davom etdi
AQSHning CHikago shahrida Professional kurash ligasining hisob bo'yicha RAF 15 turniri tashkil etildi. Oqshom doirasida UFC jangchisi Arman Carukyan amerikalik Entoni Pettisga qarshi bahs olib bordi. Arman bir daqiqadan kam vaqt ichida tushe, yani sof g'alaba bilan bellashuvni o'z foydasiga hal qildi.
Carukyan raqibini ortdan uloqtirish evaziga to'rt ballni qo'lga kiritdi. Keyin esa sobiq WEC va UFC engil vazn chempionini tushega tushirdi. SHoutaym uchun bu maydonga chiqish tashkilotdagi debyuti bo'ldi va mag'lubiyat birinchi bo'limning 45-soniyasida qayd etildi.
Arman Carukyan uchun bu professional kurash ligasidagi o'ninchi, tushe orqali qo'lga kiritilgan birinchi g'alaba bo'ldi. U shuningdek, RAF-krossover o'rta vazn chempionlik kamarini ham himoya qildi.

Fikrlar