28 noy 21:58
Yangiliklar
Zokirov bilan jang qiladigan Mokaev: "UFC oktagoni tashqarisida o'n barobar ko'proq pul ishlayapman"
SHunga qaramay, Mokaev dunyoning eng kuchli ligasiga qaytishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan.
"To'g'risi, men UFC`ning eng yosh chempioni bo'lishni orzu qilganman, lekin hozirda tashkilotdan tashqarida o'n barobar ko'proq daromad topayotganim uchun menga endi farqi yo'q. Men ularning barcha jangchilarini mag'lub etdim, hatto faoliyatim cho'qqisida ham emas edim", - deb yozdi Mokaev ijtimoiy tarmoqda.
UFC bayrog'i ostidagi so'nggi jangida Muhammad Mokaev hakamlarning yakdil qarori bilan Manel Kapeni mag'lub etgandi. Kape yanvar oyida eng engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun jang qiladi.
26 yoshli dog'istonlik jangchi tashkilotdan qo'yib yuborilgandan so'ng to'rtta professional g'alabaga erishdi, shu jumladan Brave CF chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Mokaev 20 dekabr kuni Dubaydagi ACBJJ 24 turnirida hamyurtimiz Sanjar Zokirovga qarshi jang qiladi.

Fikrlar