28 noy 15:48
Yangiliklar
Andrey Esipenko: "Sindarov yo oson yutadi yoki..."
"Menimcha, hamma sizni favorit deb hisoblaganda bu juda qiyin. Hammaning nazarida siz favorit. Kimdir siz oson yutasiz deb o'ylaydi. Fikrimcha, bu psixologik jihatdan juda katta bosim o'tkazadi. Go'yo Gukeshga o'ynash osonroq bo'ladi. Aynan Sindarov bilan solishtirganda, go'yo kamroq bosim bo'ladi, men shunday ko'raman. Balki, men adashayotgandirman.
Sindarovni esa hamma katta favorit deb hisoblaydi: "Gukeshni qanday yutmaslik mumkin?" Bilmadim, menimcha, psixologik jihatdan Sindarovga qiyinroq bo'ladi. Va Gukesh, agar o'z formasini tiklasa, umuman oson yutishi ham mumkin. Balki umuman tiklanmas, ha, ko'proq shunday bo'lar (kuladi).
Baribir, menimcha, match qiyin bo'ladi. Yani, yoki Sindarov oson yutadi, yoki shunchaki qiyin o'yin bo'ladi. Men Gukeshning oson yutishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni ko'rmayapman. Lekin principial jihatdan Sindarovning ham engil yutishi mumkin bo'lgan vaziyatni ko'ryapman", - dedi Esipenko YouTube'dagi ChessMaster podkastida.

Fikrlar