So’nggi yangiliklar

13:13Ҳусниддин Алиқулов узоқ танаффусдан кейин “Ризеспор” қайдномасига қайтди 0 12:56Жаҳон кубоги: Ҳуморабону Мамажонова ярим финалга йўл олди 0 12:39Жаҳон кубоги: Феруза Казакова япониялик рақибасидан устун келди 0 12:11Субханқуловни мағлуб этган Энди Крус IBF чемпионига айланди 0 11:40Жавоҳир Синдаров: "Нима дейишни ҳам билмайман" 0 11:37Жаҳон кубогини ғалаба билан бошладик: Шодиёржон Мелиқўзиев қозоғистонлик рақибини мағлуб этди 0 11:09"Челси" кетма-кет учинчи, сўнгги 6 ўйиндаги бешинчи мағлубиятини қабул қилиб олди + ВИДЕО 0 10:38"Бу жиддий нарсадек эшитилади". Гукеш – учта дурангдан кейинги босим ҳақида 0 10:07Жаҳон кубогининг илк куни беш нафар боксчимиз рингга кўтарилади 0 09:36Жангига икки ҳафта қолган Чарльз Оливейра жароҳат олди + ФОТО 0 09:05ЖЧ U-17. Асилбек Алиев Испанияга қарши учрашувни ўтказиб юборади 0 08:34Ислам Махачев: "Америкада яшаш ва ишлашни истамасдим" 0 08:03Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирида мағлубиятсиз одимламоқда 0 07:32Гандбол. Ниҳоят, Осиё чемпионатида илк ғалаба - Австралия доғда қолдирилди! 0 07:01U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Испанияга қарши! 1/16 финал жуфтликлари қандай кўриниш олди? 0

28 noy 13:13
Yangiliklar

Futbol

Husniddin Aliqulov uzoq tanaffusdan keyin “Rizespor” qaydnomasiga qaytdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov uzoq davom etgan jarohatidan keyin ilk bor Turkiyaning “Rizespor” klubi o'yini qaydnomasidan joy oldi.

27 noyabr kuni Turkiya Superligasining 13-turidan o'rin olgan “Rizespor” – “Kasimpasha” uchrashuvi mezbonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'zbekistonlik futbolchi bahsni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Rizespor” bosh murabbiyi Rejep Uchar Aliqulovning safga qaytganidan xursand ekanini bildirdi.

“Aliqulov 11 oydan keyin ilk bor zaxira o'rindig'idan joy oldi. Uning biz bilan birga ekani bizni xursand qildi”, – dedi Uchar.

Eslatib o'tamiz, Husniddin Aliqulov 2026 yil 19 yanvar kuni “Gyoztepe”ga qarshi uchrashuvda og'ir jarohat olgan edi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida uning chap tizzasida oldingi xochsimon pay va menisklar yirtilgani, shuningdek, tizza qopqog'i va uni ushlab turuvchi pay shikastlangani aniqlangan.

O'shanda “Rizespor” futbolchining tiklanishi uchun 6–9 oy vaqt kerak bo'lishini malum qilgan edi.

Turkiya klubi jarohatidan keyin ham o'zbekistonlik himoyachiga ishonch bildirib, uning shartnomasini 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirgan.

Aliqulovning zaxira o'rindig'iga qaytishi uning tiklanish jarayonidagi muhim qadam bo'ldi. Biroq futbolchi hali rasmiy uchrashuvda maydonga tushgani yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing