28 noy 13:44
Yangiliklar
Sanjar "Tornado" Zokirov Muhammad Mokaevga qarshi rasman tasdiqlandi + POSTER
Avvalroq, o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Sanjar Zokirov navbatdagi jangini UFC sobiq vakili, Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi Muhammad Mokaevga qarshi o'tkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Ushbu jang rasman o'z tasdig'ini topdi hamda tashkilotchilar tomonidan elon qilindi.
Jiu-jitsu qoidalari asosida tashkil etiladigan Mokaev - Zokirov bellashuvi 20 dekabr kuni Dubaydagi "Hamdan Sports Complex" majmuasida tashkil etiladigan ACBJJ 24 turniri doirasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Sanjar Zokirovning MMAdagi rekordi 14 g'alaba va 1 mag'lubiyatni tashkil qiladi. Asosiy janglarini ONE promoushenida o'tkazgan. Yagona mag'lubiyatini so'nggi jangida qabul qilib olgan. U shu yil 17 iyul kuni o'tkazilgan ONE Fight Night 45 turniri doirasida Ruslan Satievga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Fikrlar