So’nggi yangiliklar

14:46Иман Хелиф ўзининг профессионал дебюти учун ўзига ўхшаган янги рақиб топди 0 14:15Гукеш "тишлари"ни кўрсатди, Синдаров мағлубиятдан бир неча сония нарида эди. Тож учун кечаётган учрашувнинг 3-партия таҳлили 0 13:56Жаҳон кубоги: Норбек Абдуллаев ҳам ярим финал иштирокчисига айланди 0 13:44Санжар "Tornado" Зокиров Муҳаммад Мокаевга қарши расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:13Ҳусниддин Алиқулов узоқ танаффусдан кейин “Ризеспор” қайдномасига қайтди 0 12:56Жаҳон кубоги: Ҳуморабону Мамажонова ярим финалга йўл олди 0 12:39Жаҳон кубоги: Феруза Казакова япониялик рақибасидан устун келди 0 12:11Субханқуловни мағлуб этган Энди Крус IBF чемпионига айланди 0 11:40Жавоҳир Синдаров: "Нима дейишни ҳам билмайман" 0 11:37Жаҳон кубогини ғалаба билан бошладик: Шодиёржон Мелиқўзиев қозоғистонлик рақибини мағлуб этди 0 11:09"Челси" кетма-кет учинчи, сўнгги 6 ўйиндаги бешинчи мағлубиятини қабул қилиб олди + ВИДЕО 0 10:38"Бу жиддий нарсадек эшитилади". Гукеш – учта дурангдан кейинги босим ҳақида 0 10:07Жаҳон кубогининг илк куни беш нафар боксчимиз рингга кўтарилади 0 09:36Жангига икки ҳафта қолган Чарльз Оливейра жароҳат олди + ФОТО 0 09:05ЖЧ U-17. Асилбек Алиев Испанияга қарши учрашувни ўтказиб юборади 0

28 noy 14:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Iman Xelif o'zining professional debyuti uchun o'ziga o'xshagan yangi raqib topdi

Teglar :  Iman Xelif
2024 yilgi Olimpiada chempioni Iman Xelif o'zining professional ringdagi debyut jangi uchun yangi raqib topdi.

U 44 yoshli franciyalik Elza Emat (6-14-2, 1KO) bo'ladi. Jang 15 dekabr kuni Parij shahrida bo'lib o'tadi.

Aslida Xelif 21 yoshli niderlandiyalik Klarida Sarabiya (4-0, 4KO) bilan jangda debyut qilishi kerak edi. Biroq, Sarabiya Olimpiada paytida Xelif duch kelgan gender mojarosi bilan bog'liq tibbiy malumotlarni taqdim etishdan bosh tortgach, jangdan chiqib ketdi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda Xalqaro boks associaciyasi (IBA) Iman Xelifni jahon chempionatida ishtirok etishdan chetlatgan edi, bunga jazoirlikning jinsni aniqlash testlaridan o'ta olmaganligi sabab qilib ko'rsatilgan. Ammo oradan bir yil o'tgach, Xelif Olimpiadaga qo'yib berildi, bu uning raqiblarining noroziligiga sabab bo'ldi hamda gender faollari va siyosatchilar, jumladan, AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan hujumlarga sabab bo'ldi.

2025 yilda Olimpiya boksi uchun masul bo'lgan World Boxing tashkiloti jinsni aniqlash uchun majburiy genetik testlarni joriy qildi. Iman Xelif dastlab testlardan o'tishdan bosh tortdi va ularni o'tkazish to'g'risidagi qarorni sud orqali bekor qilishga harakat qildi. Biroq, bir muncha vaqt o'tgach, u poziciyasini o'zgartirib, 2028 yilgi Olimpiadaga kirish uchun har qanday tekshiruvlardan o'tishga tayyorligini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing