28 noy 16:19
Yangiliklar
Keldiyorova Tokio "Katta Dubulg'a" turniri oldidan yaponiyalik Olimpiada chempionining "master klassi"da ishtirok etdi FOTOGALEREYA
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, jahon chempionatining ikki karra sovrindori Diyora Keldiyorova 5-6 dekabr kunlari Yaponiya poytaxtida o'tkaziladigan Tokyo Grand Slam 2026 turnirida qatnashadi.
Xabar berganimizdek, Sidney-2000 Olimpiadasi chempioni, uch karra jahon chempioni, ikki bor Osiyo o'yinlari g'olibi Kosey Inoue Toshkentda yosh dzyudochilar uchun master klass, yani mahorat saboqlari o'tkazdi.
Ushbu mashg'ulotlarda Diyora Keldiyorova ham ishtirok etdi. Bu Diyora uchun kelasi hafta o'zi qatnashadigan Tokio "Katta Dubulg'a" turniri oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Tokyo Grand Slam 2026 turnirida Diyorani Olimpiadadan beri kutayotgan Uta Abe ham tatamiga chiqadi.




















Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar