29 noy 08:03
Yangiliklar
Tennis
Fomin Hersonissos Challenger turnirida chempion bo'ldi
Greciyaning Xersonissos shahrida "CHellenjer 50" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 56,700 evroni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Etiborlisi, musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz bosh sovringa ega chiqdi. O'zbekistonning birinchi raketkasi ukrainalik Oleksi Krutix bilan hamkorlikda Hersonissos Challenger 4 turniri chempioniga aylandi.
Fomin/Krutix tandemi hal qiluvchi final uchrashuvida italiyalik tennischilar - Yakopo Vazami va Janluka Kadenasso juftligini 3/6, 6/1, katta tay-brekda 10/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu bir daqiqa davom etgan bahsda har ikki tomon ikkitadan eys zarbasini amalga oshirgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar