29 noy 16:57
Yangiliklar
Arman Carukyanning Genri Sexudo bo'yicha "talabi" qondirildi + FOTO
Jangdan so'ng Arman promoushen rahbarlaridan keyingi raqibi sifatida aynan ikki vaznda UFC sobiq chempioni Genri Sexudoni berishlarini so'ragan edi. Bu talab bajarildi. Arman Carukyan va Genri Sexudo o'rtasidagi jang 23 yanvar kuni AQSHning SHimoliy Karolina shtati SHarlott shahrida tashkil etiladigan RAF 17 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, bugun RAF 15 turnirining asosiy bellashuvida Genri Sexudo UFC`dagi sobiq raqibi xitoylik Song Yadongni muddatidan avval texnik ustunlik (11-0) evaziga mag'lubiyatga uchratib, engil vazn toifasida o'ziga tegishli RAF-krossover kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. O'rta vaznda RAF-krossover kamari sohibi bo'lgan Arman Carukyan esa turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim bellashuvida UFC va WEC sobiq chempioni Entoni Pettisni 45 soniya ichida taslim etdi.

Fikrlar