29 noy 12:49
Yangiliklar
Gandbol, Triatlon
Gandbol. Osiyo chempionatida ketma-ket ikkinchi g'alabaga erishdik!
Qozog'istonning Olma-Ota shahri mezbonlik qilayotgan gandbol bo'yicha Osiyo chempionatida beshinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Musobaqaning A guruhida ishtirok etayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ketma-ket ikkinchi g'alabasini tantana qildi. Avstraliyadan so'ng Hindiston qo'l to'pi ustalari ham mag'lub etildi - 28:26!
Qizlarimiz dastlabki ikki turda Koreya Respublikasi va mezbon Qozog'istonga imkoniyatni boy berishgandi. Bugun Osiyo chempionatida dam olish kuni, ertadan pley-off bosqich o'yinlari boshlanadi.
Osiyo chempionati. 5-turning barcha natijalari:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar