So’nggi yangiliklar

12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:52Махачевнинг жамоаси Исламни UFC камаридан маҳрум қилиш талабига жавоб берди 0 17:30Жаҳон кубоги: Абдураҳмон Маҳмуджонов мағлуб бўлди 0 17:21ПСЖнинг Винисиус трансфери бўйича позицияси маълум бўлди 0

29 noy 12:18
Yangiliklar

Sport kurashlari

RAF 15 turnirining barcha natijalari: Carukyan kamarini himoya qildi. Sexudochi?

Xabar berganimizdek, tunda AQSHning CHikago shahrida professional kurash ligasi RAF turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni, ikki vaznda UFC sobiq chempioni Genri Sexudo hamda xitoylik Song Yadong o'rtasida o'tkazildi. Birinchi bo'limning o'zida 5-0 hisobida oldinga chiqib olgan Sexudo tanaffusdan keyin yana olti ochko jamg'ardi va muddatidan avval texnik g'alabani qo'lga kiritdi. Bu bilan Genri engil vaznda o'ziga tegishli RAF-krossover chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Ahamiyati jihatidan turnirning ikkinchi muhim bellashuvida rossiyalik Arman Carukyan o'rta vazndagi RAF-krossover chempionlik kamarini himoya qildi. U UFC va WEC sobiq chempioni Entoni Pettisni mag'lub etishi uchun 45 soniya vaqt sarfladi. Pettisning RAF ligasidagi debyuti omadsiz chiqdi. 


RAF 15 turnirining barcha natijalari:

Genri Sexudo Song Yadongni texnik ustunlik bilan taslim etdi (11-0)

Arman Carukyan Entoni Pettisni tushe – sof ustunlik evaziga engdi, 0:45

Kennedi Bleyds raqibasi Aleksis Gomesni texnik ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi (12-0) – ayollar o'rta vazn toifasida titul bahsi

Real Vuds Sebastyan Riverani texnik ustunlik bilan mag'lub etdi (12-2) – yarim engil vaznda titul bellashuvi 

Kodi Garbrendt Serxio Pettisni texnik ustunlik evaziga taslim etdi (11-0)

Roman Bravo-Yang Mett Ramosdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi (11-6)

Axmed Usmanov CHens Marstellerni ochkolar bo'yicha yutdi (9-1)

Lukas Valente Kley Guidani mag'lubiyatga uchratdi (11-5)

Maykl Kaliendo Sesar Alvanni texnik ustunlik evaziga engdi (11-0) – yarim o'rta vaznda vakant bo'lga kamar uchun bellashuv

Geno Petriashvili Yonger Bastida ustidan zafar quchdi (6-0)

Xeyli Audjello raqibasi Miranda Maverikdan ustun keldi (10-6)

Keyden Xenshel Konor Bibini texnik ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi (15-4) – yarim engil vaznda krossover-tituli uchun bellashuv

Denni Sabatello Jeykob SHulcni taslim etdi (12-4)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing