29 noy 14:22
Yangiliklar
Jahon kubogi. Kunduzgi dasturda ringga chiqqan bokschilarimizning barida g'alaba. Olimpiadaning amaldagi kumush medali sohibi mag'lub etildi
Bugungi kun doirasida etti nafar charm qo'lqop ustamizning chorak final janglarida ringga chiqishi haqida xabar bergan edik. Quvonarlisi, kunduzgi dasturda o'z janglarini o'tkazgan uchchala bokschimiz ham g'alaba qozonib, Jahon kubogining 1/2 finaliga yo'l oldi.
-48 kg vazn toifasidagi vakilamiz Farzona Fozilova chorak finalda polshalik Anjelika Kristaforskani katta ustunlik evaziga 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
-55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov angliyalik Abdul Bartonni 4:1 hisobida dog'da qoldirdi.
-60 kg vazndagi charm qo'lqop ustamiz Samandar Olimov esa qirg'izistonlik Parij-2024 Olimpiadasi kumush medali sovrindori Munarbek Seyitbek Uluuni 5:0 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi va u ham yarim finalga yo'l oldi.
Soat 16:00da kechki dastur janglari bo'lib o'tadi va unda yana to'rt nafar bokschimiz yarim final chiptasi uchun ringga chiqadi.




Fikrlar