29 noy 13:51
Yangiliklar
Javohir Sindarov: "Hayajondaman!"
To'rtinchi tur yakuniga etgach, amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommaradju va Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Agar ikki tomon ham yaxshi o'ynasa, partiya odatda durang natija bilan tugaydi"
Sindarov ham, Gukesh ham g'alabali partiyalarning yo'qligidan norozi bo'layotgan bazi muxlislarning etirozini izohlashdi. Javohir shaxmatchilarning o'yin sifati yuqori bo'lsa, durang natija adolatli bo'lishini takidladi.
"Umuman olganda, shaxmat teng o'yin. Agar ikki tomon ham yaxshi o'ynasa, partiya har doim durang bilan tugaydi. Lekin bugun ancha qiyin partiya bo'ldi va menimcha, ikkimiz ham yaxshi o'ynadik. SHuning uchun durang - bu yaxshi natija", - dedi Sindarov.
Javohir o'z navbatida, jahon chempioni unvoni uchun o'zining birinchi o'yini haqidagi taassurotlarini va qolgan partiyalardan nimalarni kutayotganini o'rtoqlashdi.
"Bu erda bo'layotgan barcha narsalardan hayajondaman. Menimcha, bu partiyalar juda yaxshi chiqdi. Oldimizda yana 10 ta partiya bor va menimcha, bu juda qiziqarli bo'ladi", - dedi o'zbekistonlik grossmeyster.
Malumot uchun, bugun jahon toji uchun matchning 5-turida Javohir Sindarov oq donalarda o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00`da boshlanadi.

Fikrlar