29 noy 20:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol 21-asrning eng sevimli uch bokschisini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol ushbu asrda o'zining eng sevimli bokschilari orasidan Top-uchlikka kimlarni kiritishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"21-asrning uchta sevimli bokschisi, albatta, ulardan biri Roy Jons bo'ladi, u umuman mening eng sevimli bokschilarimdan biri. SHuningdek, Menni Pakyao va ehtimol, o'zining rekordi, faoliyatini qanday silliq olib borgani bo'yicha, bu Floyd Meyvezer bo'ladi", - dedi rossiyalik jangchi RCC MMA nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy Bivol 12 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadigan RCC Boxing turnirida o'ziga tegishli WBA, WBO, IBF va The Ring chempionlik kamarlarini vaqtinchalik WBO kamariga ega bo'lib turgan britaniyalik Kallum Smitga qarshi kechadigan jangda himoya qiladi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar