05 sen 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Endi Ruis ikki yillik tanaffusdan keyingi ilk jangda mag'lub bo'ldi
Damian Kniba sobiq jahon chempioni Endi Ruisni Nyu-Jersida o'tkazilgan boks oqshomida hakamlar qarori bilan mag'lub etdi.
Jangning ettinchi raundida Ruis nokdaunga tushdi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlar bir ovozdan g'alabani Knibaga berishdi — 114:113, 114:113 va 117:110.
Bu Ruis uchun 2024 yildan beri o'tkazilgan birinchi jang bo'ldi. O'shanda u Jarrel Miller bilan durang qayd etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar