05 iyu 16:53
Yangiliklar
Jon Jons va Daniel Korme o'rtasida trilogiya o'tkaziladi
Trilogiya Rossiyaning PWL ligasida greppling bo'yicha o'tkaziladi. Bu haqda rossiyalik taniqli promouter Alfredo Auditore xabar berdi, u amerikaliklar bilan "ALF Reality" loyihasida birga ishlagandi.
"Jahon miqyosida katta shov-shuvga sabab bo'ladigan rasmiy elon tez orada elon qilinadi. Biz o'zimizning PWL ligamizda Jon Jons va Daniel Korme o'rtasida greppling bo'yicha jang o'tkazamiz. Barchangizni kutamiz! Deyarli hamma narsa hal, ikki tomon ham buni tasdiqlangan. Keling, buni amalga oshiraylik!", – dedi rossiyalik ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.
Malumot uchun, amerikalik ikki aralash yakkakurash ustasi ikki bor oktagonda to'qnash kelgan. 2015 yilda Jons hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan bo'lsa, 2017 yilda u Kormeni nokautga uchratgandi. Biroq doping testidan o'ta olmagani sababli g'alabadan mahrum bo'lgan edi.
O'tgan yili Jons va Korme Rossiyaning "ALF Reality 3" jangovar shousining uchinchi mavsumida raqib jamoalariga murabbiylik qilishgan.

Fikrlar