08 noy 22:34
Yangiliklar
"5 hafta!". Bivol Kallum Smitga qarshi jang oldidan bugungi sport formasini ko'rsatdi + FOTO
Rossiyalik jahon chempioni 11 dekabr kuni Ekaterinburg shahrida o'tkaziladigan prof boks oqshomida britaniyalik Kallum Smitga qarshi ringga ko'tariladi.
"5 hafta!" — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga mashg'ulotdan surat joylab, uning ostida qisqa izoh yozib qoldirgan Bivol.
Malumot uchun, 35 yoshli Dmitriy Bivol 2014 yilda professional boksda debyut qilgan. 2017 yilda yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni, 2025 yilda esa mutlaq jahon chempioni bo'lgan.
Kallum Smit 36 yoshda. Britaniyalik 2015 yilda prof boksdagi debyutini nishonlagan. 2018 yilda ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg gacha) jahon chempioni bo'lgan. 2021 yildan yarim og'ir vazn divizionida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.

Fikrlar