15 okt 16:13
Yangiliklar
Devid Benavides Bivolni tanqid qildi
"Biz Di-Boy (Bivol) bilan jangni juda uzoq vaqtdan beri tashkil etishga harakat qilyapmiz. Bilasanmi, u bu yirik janglarning birortasini qabul qilishga tayyor emasga o'xshaydi. Beterbiev bilan ikki jang o'tkazganidan keyin u shov-shuvli janglarda ishtirok etmadi. SHuning uchun Di-Boy bilan nima bo'layotganini yoki uning rejalari qandayligini bilmayman.
Men esa kruzer vazn toifasidagi janglarga etibor qaratish niyatim borligini aytgandim. Bu erda ko'plab ajoyib to'qnashuvlar bor. 5 dekabr kuni Arizona shtatidagi Finiks shahrida jangim bo'ladi. SHundan keyin nima bo'lishini ko'ramiz", — deya Benavidesning so'zlarini keltiradi InsideRingShow nashri o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Fikrlar