05 sen 12:01
Yangiliklar
17 yoshli uchinchi raketkamiz Kurshumliya-Banya turnirida 1/2 finalga chiqdi
Ushbu musobaqada tennischimiz Nikita Belozercev ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. O'zbekistonning uchinchi raketkasi uchta g'alabasi evaziga 1/2 final ishtirokchisiga aylandi. Ukrainadan mahalliylashtirilgan vakilimiz 1/16 finalda greciyalik Kris Spayruni 6/2, 2/0 (rad), 1/8 finalda Kuchuxuseyin Jem Kristoferni 6/2, 6/1, 1/4 finalda esa Bosniya va Gercegoviniya vakili Drezen Petrovichni 6/3, 6/1 hisobida dog'da qoldirdi.
Taqqoslash uchun, Nikita Belozercev ayni paytda ATP reytingida 914-o'rinni egallab turibdi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan o'zbekistonlik 17 yoshli tennischi birozdan so'ng boshlanadigan 1/2 final bahsida reytingning 615-pog'onasida borayotgan, musobaqada birinch raqam ostida saralangan serbiyalik 21 yoshli Branko Jurichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar