19 okt 13:42
Yangiliklar
Guangzhou Nansha International. Sultonov ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'l oldi
Guangzhou Nansha International Challenger musobaqasining saralash bahslarida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ikki g'alabasi evaziga turnirning asosiy to'riga yo'llanma oldi.
Sultonov kecha 1/2 finalda xitoylik Syaoin Yanni 6/1, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Bugun tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma taqdim etgan saralashning final uchrashuvida gruziyalik Saba Purceladzeni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/6(6).
Taqqoslash uchun, Humoyun ATP reytingida 444, Saba esa 581-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Sultonov 12, Purceladze 19 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Vakilimiz qo'shxatoga yo'l qo'ymadi (gruziyalikda 7 ta qo'shxato). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamyurtimiz oldinda bormoqda - 3:1.

Fikrlar