20 okt 16:52
Yangiliklar
Tennis
Guangzhou Nansha International. Humoyun Sultonov nimchorak final bosqichi masalasini hal qildi
Xitoyning Guandun provinciyasi Guanchjou shahri Nansha tumanida mukofot jamg'armasi 107 ming dollarni tashkil etuvchi Guangzhou Nansha International Challenger turniri bo'lib o'tmoqda.
O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov musobaqadagi g'alabali yurishini davom ettirdi.
U asosiy to'rning ilk davrasida SHveycariya vakili, 29 yoshli Luka Kastelnuovo (ATP-449) bilan bahs olib bordi va 7/6, 7/6 hisobida zafar quchdi.
Bu orqali ATP reytingida 431-o'rinni egallab turgan Humoyun Sultonov musobaqa nimchorak finaliga yo'l oldi.
27 yoshli Humoyun chorak final yo'lida amerikalik 25 yashar Andre Ilagan (ATP-203) bilan to'qnash keladi. O'yin ertaga, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar