14 okt 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Mag'lubiyatsiz odimlayotgan o'zbek - Siro CHoyning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Engil vazn toifasida o'zbekistonlik professional boks ustasi, WBA Asia kamari sohibi Sirochbek Ismoilovning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
25 yashar hamyurtimiz 24 oktyabr kuni Koreya Respublikasining Namyangju shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.
Unga bu turnirda Hindiston vakili Keysham Lukisun Singh raqiblik qiladi. Jang engil vazn toifasidagi WBA Asia kamari uchun kechadi.
Malumot uchun, Siro CHoy taxallusi bilan tanilgan Sirochbek Ismoilov prof faoliyati davomida 11 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. 25 yoshli Keysham Singh hisobida esa 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar