So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

22 sen 18:20
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

Osiyo o'yinlarining uchinchi kunida uchta medal qo'lga kiritildi

22 sentyabr kuni Yaponiyadagi Osiyo o'yinlarida uchinchi kun bellashuvlari o'tkazildi.

Musobaqaning uchinchi kunida O'zbekiston sport delegaciyasi uchta kumush medalga ega chiqdi.

Kumush:

Firdavs Atamuratov (MMA)

Hilola Sobirova (MMA)

Darya Latisheva (Ushu).

Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.





17:32. Doniyor Turg'unboev qirg'izistonlik Temirlan Amankulovni 2:0 hisobida mag'lub etib, 75 kg vazn toifasida ushu bahslarining yarim finaliga yo'l oldi!


16:40. Tongda qozog'istonlik raqibalaridan ustun kelgan stol tennisi bo'yicha ayollar terma jamoamiz dunyoning birinchi raqamli jamoasi Xitoy oldida ojiz qoldi. Erkaklar jamoamiz Tailandga mag'lub bo'ldi. Bundan tashqari, ushbu sport turida aralash jamoaviy dastur bellashuvlari ham start oldi. Diyorbek Dilshodov va Asel Erkebaeva juftligi ilk bosqichda yaponiyalik raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.


Sport gimnastkikasi. Oksana CHusovitina tayanib sakrash, Dildora Aripova esa erkin mashq dasturida Osiyo o'yinlarining final bosqichiga yo'l olishdi.


15:56. Ushu bo'yicha bahslar davom etmoqda. 65 kg vaznli Avazbek Mahamadjonov Eron vakili SHoja Panahigelehkolayga mag'lub bo'ldi va musobaqadagi ishtirokini chorak final bosqichida yakunladi.


15:02. Saydullo Abdurashitov (56 kg) ushu bellashuvlarining yarim finaliga yo'l oldi. U hindistonlik Aryanni 2:1 hisobida taslim etdi.


14:44. 60 kg vazn toifasidagi ushuchimiz SHahzoda Azatova chorak final bahsida indoneziyalik Taniya Kusumaningtyasga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.


O'q otish. Sket dasturining bugungi bahslarida Behruz SHarapov 92, Bekzod Abdurahimov 87, Ruslan Utaganov esa 84 ochko jamg'ardi. Musobaqa ertaga davom etadi.


Kibersport. Mo'g'ulistonga qarshi futbol o'yini 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi.


Suv polosi. Qizlarimiz mezbon Yaponiyaga qarshi kechgan bellashuvda 10:27 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


13:30. Gandbolchi qizlarimiz xitoylik raqibalariga qarshi bellashuvda 14:37 hisobida mag'lub bo'lishdi.


13:25. Suzuvchi Ilya Sibircev 1500 metrga erkin suzish dasturining A finalida ishtirok etib, 15:08.57 natija qayd etdi va sakkiz sportchi orasida ettinchi bo'ldi.


12:35. Qilichbozlarimiz Daniil Kravcov va Radmir Semeneev o'z yurishini chorak finalda yakunlashdi. Kravcov Koreya, Semeneev esa Yaponiya vakiliga yutqazdi. 


12:33. MMA. Hilola Sobirova finalda singapurlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohibasiga aylandi.


11:55. Ushu (nancyuan-nandao). Darya Latisheva kumush medalga sazovor bo'ldi.


11:50. Futbolchilarimiz Vetnamni 2:0 hisobida mag'lub etishdi va 100 foizlik natija bilan chorak finalga yo'l olishdi. 


11:43. Karatechimiz Sevinch Rahimova bronza uchun bahsda qozog'istonlik raqibasiga yutqazdi.


11:40. Radmir Semeneev xitoylik raqibni 14:13 hisobida mag'lub etib, chorak final ishtirokchisiga aylandi.


11:25. Qilichbozlik. Daniil Kravcov xitoylik raqibini 15:12 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi. 


11:10. Sohil voleyboli. Erkaklar terma jamoamiz Qozog'istonni 2:1 hisobida mag'lub etdi.


11:00. Qilichbozlik. SHpagachi qizlarimiz Dilnaz Murtazaeva va Malika Hakimova saralashni muvaffaqiyatli o'tkazgan bo'lsada, pley-offning ilk bosqichidayoq yutqazishdi. 


10:45. Qilichboz (rapira) Daniil Kravcov esa 1/32 finalda Gonkong vakili, ikki karra Olimpiada chempioni CHyon Ka Longni mag'lub etdi.


10:30. Qilichbozlik. Rapirachi Radmir Semneev 1/32 finalda Singapur vakilini mahlubiyatga uchratdi.


10:20. MMA. Firdavs Atamuratov finalda tojikistonlik raqibga yutqazdi va kumush medalga sazovor bo'ldi.


10:00. Futbolchilarimiz Vetnam terma jamoasi bilan o'yinni boshlashdi.  


9:45. Karatechimiz Sevinch Rahimova chorak finalda yutqazdi. Ammo unda bronza uchun imkoniyat bor. O'tish bosqichida quvaytlik raqibini mag'lub etgan Rahimova bronza uchun qozog'istonlik raqibga qarshi bahs olib boradi.


9:30. Ushuchilarimiz birinchi chiqishni medalsiz tugatishdi. Darya Latishevada alamli 4-o'rin. Duyshaboev esa 16-o'rin bilan yakunladi. Ikkinchi yo'nalishda ularda medal uchun imkon bor. 


9:15. Stol tennisi. Qizlarimiz Qozog'istonni 3:2 hisobida mag'lub etishdi. 


9:00. O'q otish. Miks bahslarida Javohir Sohibov va Muxtasar Toxirova 8-natijani qayd etdi.


8:05. CHim ustida xokkey. Erkaklar terma jamoamiz Pokistonga 1:5 hisobida yutqazdi.


8:00. Velosport. Kuskova, Abdullaeva va Qozieva shosse bahslarini medalsiz tugatishdi. Endi yaxshi natijamiz - Kuskovada. 6-o'rin.


7:40. Kibersport. O'zbekiston - Hindiston futbol o'yini 0:0 hisobida yakunlandi.




22 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing: 

(Toshkent vaqti bilan)




Kibersport, futbol - 5:00 - Hindiston - O'zbekiston

Ushu, nancyuan-nandao finallar - 5:00 - Diyorbek Duyshaboev

Velosport, shosse, final - 5:00 - Nafosat Qozieva

Velosport, shosse, final - 5:00 - SHaxnoza Abdullaeva

Velosport, shosse, final - 5:00 - Yanina Kuskova

O'q otish, 10 metr, miks, saralash va final - 5:00 O'zbekiston

CHim ustida xokkey, erkaklar, guruh bosqichi - 5:00 - Pokiston - O'zbekiston

Ushu, nancyuan-nandao finallar - 6:00 - Darya Latisheva

Qilichbozlik, saralash va final - 6:00 - Daniil Kravcov, Radmir Semyonov, Dilnaz Murtazaeva, Malika Hakimova

O'q otish, sket - 6:00 - Ruslan Utaganov

O'q otish, sket - 6:00 - Bekzod Abdurahimov

O'q otish, sket - 6:00 - Behruz SHaripov

O'q otish, sket - 6:00 - Erkaklar, jamoaviy

Stol tennisi, guruh bosqichi, ayollar - 6:00 - O'zbekiston - Qozog'iston

Sport gimnastikasi, saralash va final - 8:00 - Dildora Aripova

Sport gimnastikasi, saralash va final - 8:00 - Oksana CHusovitina

Sport gimnastikasi, saralash va final - 8:00 - Aleksandra SHevchenko

Karate, saralash va final - 9:00 - Sevinch Rahimova

Sohil voleyboli, guruh bosqichi, erkaklar - 9:00 - O'zbekiston - Qozog'iston

Futbol, erkaklar, guruh bosqichi - 10:00 - Vetnem - O'zbekiston

MMA, final - 10:00 - Firdavs Atamuratov - Mirzobek Umarov (Tojikiston)

Kibersport, futbol - 11:00 - O'zbekiston - Mo'g'uliston

MMA, final - 11:30 - Hilola Sobirova - Xui Xon Teo (Singapur)

Gandbol, ayollar, guruh bosqichi - 13:30 - O'zbekiston - Xitoy

Suzish, final (1500 metrga erkin suzish) - 13:30 - Ilya Sibircev

Suv polosi, ayollar - 13:40 - Yaponiya - O'zbekiston

Ushu, chorak final - 15:30 -SHaxzoda Azatova

Ushu, chorak final - 16:00 - Saydullo Abdurashitov

Ushu, chorak final - 17:00 - Doniyor Turg'unboev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing