07 noy 08:34
Yangiliklar
ONE chempioni Islam Maxachevni adabini berib qo'ymoqchi
U UFC`ning yarim o'rta vazn toifasi chempioniga qarshi o'z ustunligini isbotlashga tayyor.
"Men qaysi tashkilotda bo'lishidan qati nazar, dunyodagi eng yaxshi jangchi ekanligimga mutlaqo aminman. Agar bitta jangni tanlashim mumkin bo'lsa, hozir Islam bilan uchrashib, yarim o'rta vazn toifasida mutlaq kamar uchun kurashishni istardim. U ham men kabi ikki vazn toifasi chempioni, faqat UFC`da. U o'z darajasini barcha kuchli raqiblari bilan uchrashib isbotlagan, lekin yana takror aytaman, faqat UFC`da. Maxachev boshqa tashkilot jangchilari bilan jang qilmagan", - dedi kanadalik MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.
Lining so'zlariga ko'ra, u rossiyalik bilan nafaqat tik holatdagi jangda, balki parterda ham ustunlik qila olishiga shubha qilmaydi.
"Unga o'z jangini o'tkazishni majbur qilish kerak. Menimcha, men uni tik holatdagi jangda zarba bilan ushlab, parterga tushirib, ustunlik qila olaman va u o'z raqiblariga odatda qilgan hamma narsani unga o'tkaza olaman. Mening uslubim boshqa, ko'nikmalarim boshqa va men buni bir kun kelib namoyish etishni juda istardim", - deya qo'shimcha qildi Li.
Avgust oyida Islam Maxachev o'zining 17-g'alabasini nishonlab, UFC`da eng uzoq g'alaba qozongan seriya bo'yicha yangi rekord o'rnatdi. Kristian Li esa ONE Championship bayrog'i ostidagi so'nggi o'n bitta jangining to'qqiztasida g'alaba qozongan.

Fikrlar