16 noy 15:48
Yangiliklar
Pochettino MYUga nigeriyalik "devor"ni olib kelmoqchi
Bu haqda “The Telegraph” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ham himoya markazida, ham chap qanotda o'ynay oladigan 26 yoshli nigeriyalik futbolchi ideal nomzod sifatida ko'rilyapti. Uning "Fulxem" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi, biroq klubda bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Agar "dachachilar" 2027 yil yanvargacha yangi kelishuvga erishmasa, "Yunayted"ning taklifini ko'rib chiqishga majbur bo'ladi.
"Yunayted" mavsumni o'ta yomon boshladi: jamoa Premer-ligada 18-o'rinda bormoqda va barcha turnirlarda 30 ta gol o'tkazib yubordi — bu Evropaning top-5 ligalari klublari orasidagi eng yomon ko'rsatkich. SHu bois himoya markazini kuchaytirish Pochettinoning ilk transfer oynasidagi asosiy vazifasi bo'ladi.
Pochettino yanvardagi transferlar uchun moliyaviy yordam olishi kutilmoqda. Bassidan tashqari, "Yunayted"ning short-listidan "Brentford" himoyachisi Natan Kollinz ham o'rin olgan.
Bassi 2026/27 yilgi mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 28 million evroga baholamoqda.

Fikrlar