16 iyu 14:28
Yangiliklar
Engil atletika
SHarifa Davronova AQSH talabalar chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi (+VIDEO)
AQSH oliy o'quv yurtlari o'rtasida (NCAA) engil atletika bo'yicha birinchi divizion musobaqalarining final bosqichi o'tkazildi.
Mazkur chempionatda Qo'shma shtatlarning G'arbiy va SHarqiy mintaqalaridan engil atletikaning har bir yo'nalishida 12 nafardan jami 24 atlet chempionlik uchun kurash olib bordi.
Ayollar o'rtasida uchxatlab sakrash sektorida hamyurtimiz SHarifa Davronova "Oregon" universiteti jamoasi azosi sifatida g'oliblik uchun favoritlardan biri sifatida ko'rilayotgan edi. Yujin shahrida o'tgan final bahslarida SHarifa Davronova oltinchi urinishda 14.15 metr natijaga erishdi va kumush medalga sazovor bo'ldi.
Klemson universiteti jamoasi va Yamayka terma jamoasi azosi SHante Forman oxirgi urinishida 14.24 metr ko'rsatkich bilan talabalar chempionatida birinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : uzathletics.uz
Fikrlar